» » Saudi Aramco Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Saudi Aramco Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi


Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi aksiyalari birja savdolarining birinchi kunidan 10 foizga qimmatlashdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Dastlabki bahosi 8,5 dollar bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning narxi 9,4 dollarga qimmatlashib, kompaniya kapitali rekord daraja — 1,88 trillion dollarga yetdi.

Uzoq muddat davomida dunyodagi eng serdaromad hisoblangan Apple kompaniyasining kapitali esa 11-dekabr, chorshanba kungi holatga ko‘ra 1,2 trillion dollardan sal kamroqni tashkil etdi.

Birja savdolarida Saudiya Arabistoni kompaniyasi 25,6 milliard dollar jalb qilib, rekord natija ko‘rsatdi. Bu borada avvalgi rekord 25 milliard dollar bilan Xitoyning Alibaba kompaniyasiga tegishli edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют