» » Toshkent viloyatida militsiya tayanch punkti binosidagi yozuv va yirtiq bayroq tanqid qilinganidan so‘ng almashtirildi

Toshkent viloyatida militsiya tayanch punkti binosidagi yozuv va yirtiq bayroq tanqid qilinganidan so‘ng almashtirildi


12-dekabr, payshanba kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi, tuman IIBga qarashli 279-sonli tayanch punktida o‘rnatilgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining yirtilgan va yaroqsiz holatda ekanligi aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Shuningdek, fotosuratlarda bino peshtoqidagi yozuvning ba’zi harflari tushib qolganligi ham ko‘rsatilgan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar shu kunning o‘zida bartaraf etilgan. Yirtiq bayroq yangisiga almashtirilib, so‘zlarida harflari tushib qolgan yozuv olib tashlangan. Mas’ul xodimlarga kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi tushuntirilib, qat’iy ogohlantirilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, IIBBga qarashli barcha ma’muriy binolar holatlarini qayta ko‘zdan kechirish uchun topshiriqlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют