» » Ikki yigitni “samosud” qilgan mushtumzo‘rning shaxsi aniqlandi

Ikki yigitni “samosud” qilgan mushtumzo‘rning shaxsi aniqlandi


Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati 13-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videoga munosabat bildirgan va mushtumzo‘rlar qidirilayotganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, olib borilgan tekshiruvlar davomida ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Videoda tasvirlangan holatlar 2018-yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahri Ohangaron ko‘chasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo‘lib o‘tgan. Unda 2001-yilda tug‘ilgan S.P. uch nafar tengdoshi bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T.ni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinganligi, kelishmovchilikka barham berilib, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan da’vosi yo‘qligi aniqlandi.

Fuqaro S.P. bilan suhbatlashilganda, mazkur video qaysi yo‘l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat aholi orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.

Mavzuga doir: IIV ikki yigitni “samosud” qilgan mushtumzo‘rlarni izlashni boshladi (video)

“Shu o‘rinda holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют