» » La Liga. “Barselona” mehmonda ochko yo‘qotdi (video)

La Liga. “Barselona” mehmonda ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida 14-dekabr, shanba kuni 2 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi mehmonda “Real Sosyedad” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Mikel Oyarsabal (12, penalti) va Aleksander Isak (62) Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar”dan Antuan Grizmann (38) hamda Luis Suares (49) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa kataloniyaliklar safarda kechgan bahsda “Real Sosyedad” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va bir ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 35 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real Sosyedad” esa 28 ochko bilan 4-pog‘onani band qilib turibdi.

La Liga

17-tur bahslari

14-dekabr, shanba

Gollar: 0:1 — 55 Rochina, 1:1 — 60 Machis, 1:2 — 89 Bardi

Gollar: 1:0 — 12, penalti Oyarsabal, 1:1 — 38 Grizmann, 1:2 — 49 Suares, 2:2 — 62 Isak

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют