» » Toshkentda eski ToshMI hududida Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga burilish ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentda eski ToshMI hududida Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga burilish ochilishi rejalashtirilmoqda


Toshkent shahar IIBBning Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida (eski ToshMI) Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayta burilish joyini tashkil etish tashabbusini shahar hokimiyati ham qo‘llab-quvvatladi.

IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirgi vaqtda ushbu masalani kamroq xarajat bilan hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilmoqda. Haydovchilar uchun qulayliklardan tashqari, ushbu burilish joyi Movarounnahr ko‘chasining burilishdan park tomonga qariyb ko‘prikkacha bo‘lgan hududidan foydalanish imkonini beradi.

Ushbu hududda ilgari harakat faqat bir tomonga — ko‘prikdan Darxon tomon bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qayta burilish joyini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar davomida daraxtlar kesilmaydi, butazorlar esa qayta o‘tqaziladi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalarini tutashtiruvchi yo‘l qurilishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют