» » Nursulton Nazarboyev Ostona sammitida Hindiston va Pokiston ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishini bildirdi

Nursulton Nazarboyev Ostona sammitida Hindiston va Pokiston ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishini bildirdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shanxay hamkorlik tashkiloti xavfsizlik kengashi kotiblarining 12-uchrashuvida ishtirok etish uchun Ostonaga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda. 

Nursulton Nazarboyev mazkur uchrashuvning joriy yil iyun oyida Ostonada o‘tkaziladigan ShHT sammiti oldidan o‘tkazilishi ahamiyatiga to‘xtaldi. Tashkilot oldida turgan ayrim muhim vazifalarga e’tibor qaratdi. 

“Tuzilmaga a’zo davlatlarning kelishilgan holdagi harakatlari muhim. Hozirda ShHTning ekstremizmga qarshi turish bo‘yicha Konvensiyasi va xalqaro terrorizmga birgalikda qarshi turish bo‘yicha ShHT Bayonoti ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur hujjatlar kelishuvini qisqa muddatlarda yakunlash lozim”, — deya ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti. 

Nursulton Nazarboyev ShHT Ostona sammitida Hindiston va Pokistonni to‘laqonli a’zo sifatida tuzilmaga qabul qilinishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilib, bu Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash uchun qo‘shimcha turtki berishiga umid bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (6-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют