» » Oyoqlar go‘zalligini va sog‘lig‘ini qanday saqlash mumkin?

Oyoqlar go‘zalligini va sog‘lig‘ini qanday saqlash mumkin?


Oyoqlaringizni sog‘lom va tomirlarning varikoz kengayishiga yo‘l qo‘ymasdan saqlashni xohlaysizmi? Shifokorlar maslahatini o‘qing!

O‘tirib ishlaydigan ishda vaqti-vaqti bilan harakat qilish, oyoq mushaklariga yetarlicha bosim berish, oyoq uchida turish, yurib turish zarur. Bu mushaklarning qisqarishiga, qon aylanishining yaxshilanishiga, qonning oqish tezligini oshirishga yordam beradi.

— tomirlarning varikoz kengayishining oldini olish yo‘llaridan biri. Ishda va uyda qonning yurakka oqishini yengillashtirish uchun vaqti-vaqti bilan oyoqlarga 15-20 darajali burchak ostida ko‘tarib dam berilishi juda foydali.

Bunday holatda o‘tirganda oyoq bo‘ylab qon aylanishi yomonlashishidan tashqari jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishi ham buziladi.

Son va boldir sohasida qon aylanishiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi har qanday kiyimlar, xususan tor pantalonlar yoki uzun paypoqlar venada qon ivishish holatining paydo bo‘lish xavfini kuchaytiradi.

Baland poshnali oyoq kiyimlar mushaklarni doimiy ravishda tarang holatda bo‘lishga majbur qiladi va oyoq venalariga beriladigan bosimni kuchaytiradi. Shuning uchun agar siz baland poshnali tufli kiyishingizga to‘g‘ri kelib qolsa, vaqti-vaqti bilan tuflini yeching va boldir mushaklarini uqalang.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют