» » Sergelida avtobus va Nexia to‘qnashdi (video)

Sergelida avtobus va Nexia to‘qnashdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobus va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, 17-dekabr, seshanba kuni taxminan soat 18:00 da Birodarlik va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasida asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan 28 yoshli R.K. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtobus Toshkent viloyatida yashovchi 23 yoshli D.T. boshqarib borgan Nexia 3 avtomobili bilan to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, YTHga Nexia avtomobili haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanib borgan avtobusni o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgan.

YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi, shuningdek, uning yo‘lovchisi 19 yoshli X.S. tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют