» » Qoraqalpog‘istonda Nukus City’ning qurilishi boshlandi

Qoraqalpog‘istonda Nukus City’ning qurilishi boshlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Nukus City loyihasining qurilish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Nukus shahar hokimi vazifasini bajaruvchi P.Tureshov, qurilish tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Nukusda qad rostlayotgan Nukus City shaharning eng so‘lim maskanlaridan biriga aylanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dastlabki yili 2 ta 7 qavatli va 2 ta 16 qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Kelajakda ular qatoridan bir qancha ko‘p qavatli turarjoylar va villalar, zamonaviy savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari o‘rin oladi.

Shu kunning o‘zida 7 va 16 qavatli uy-joyning tamal toshi qo‘yilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют