» » Qoraqalpog‘istonda MIB fuqarolarning 3 yildan beri hal etilmayotgan muammolariga 10 kunda yechim topdi

Qoraqalpog‘istonda MIB fuqarolarning 3 yildan beri hal etilmayotgan muammolariga 10 kunda yechim topdi


Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri bo‘limi xodimlari jami 3,5 milliard so‘m qarzdor bo‘lib qolgan “Nokis temir beton qurilis” MChJga tegishli ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulklariga nisbatan xatlov uchun qidiruv ishlarini amalga oshirgan edi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida ushbu jamiyat hisobiga olinmasdan turgan Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 32-sonli ko‘p qavatli 40 ta xonadonga mo‘ljallangan yashash uylari hamda 10 ta savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish do‘koni bor ekanligi aniqlanib, qarzni undirish maqsadida bu ko‘chmas obyektlar xatlovga olinadi.

Ko‘p qavatli uyning xatlovga olinganidan xabar topgan shu ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar va do‘kon egalari norozilik namoyishi qilib, yuqori turuvchi idoralarga murojaat qiladi hamda kelib chiqqan ushbu murakkab muammoni ijobiy hal etilishini so‘raydi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu uy va do‘konlar qonuniy sotib olinganiga qaramasdan 2014-yildan buyon egalik huquqlarini tasdiqlovchi oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilmagan, kadastr hujjatlari ishlanmasdan qolgan, hattoki qurilish ishlarini amalga oshirgan “Nokis temir beton qurilis” MChJ ham bu imoratni o‘z balansiga olmagan.

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi mazkur masalaga qonuniy tartibda munosabat bildiradi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228-moddasi talabidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 32-sonli ko‘p qavatli 40 ta xonadon va 10 ta do‘kon binosi jamiyatga o‘tkaziladi hamda shu orqali ko‘chmas mulk egalariga notarial tartibda oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtiriladi. Shu tariqa bu obyektlar ijro xatlovidan chiqariladi.

Shunday qilib, ularning har biriga kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib, uch yil mobaynida hal qilinmagan muammo 10 kun ichida qonuniy hal etildi va natijada 42 fuqaroning xususiy mulkka bo‘lgan egalik huquqlari tiklab berildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют