» » Toshkentdagi talabalar turar joylari xavfsizlik yuzasidan 21-dekabr kuni yopiladi

Toshkentdagi talabalar turar joylari xavfsizlik yuzasidan 21-dekabr kuni yopiladi


Toshkent shahrida joylashgan talabalar turar joylari 22-dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar munosabati bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 21-dekabr kuni yopiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha qishki ta’tilga chiqadi.

Mavzuga doir: Talabalar va o‘quvchilar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi

Vazirlikning qayd etishicha, qishki ta’til muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlarida ishtirok etishi uchun o‘zgartirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘zlari yashab turgan hududdan turib saylovlarda ishtirok etishi hamda uzluksiz dam olishlari uchun imkoniyat yaratishdir.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod talaba istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlik nuqtayi nazaridan 2019-yil 21-dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi.

Bunda guruh rahbarlari talabalar turar joyida istiqomat qiladigan har bir talaba bilan muloqotda bo‘lgan holda ularning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarida ko‘maklashadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yo‘l chiptalariga talabning ortishi hamda boshqa uzrli sabablarga ko‘ra doimiy yashash manziliga ketishga kechikadigan talabalarga sharoit yaratiladi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, talabalar turar joyidan hech kim sababsiz chiqarib yuborilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют