» » Qumqo‘rg‘ondagi suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi

Qumqo‘rg‘ondagi suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi


Shu yilning 17-dekabr kuni kechga yaqin Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani “Xo‘jamulki” mahallasi hududidagi “Janubiy-Surxon” suv ombori qirg‘og‘idan voyaga yetmagan shaxs jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura bergan ma’lumotga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida marhum shu mahallada yashovchi 13 yoshli maktab o‘quvchisi O‘.B. ekani aniqlangan. Shuningdek, uning o‘limiga 13 yoshli tanishi Sh.A sabab bo‘lgani fosh etilgan.

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sh.A. tegishli tartibda qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют