» » Boxing Day: “Chelsi”da mag‘lubiyat, “Arsenal”da durang, “Tottenhem”da esa g‘alaba (video)

Boxing Day: “Chelsi”da mag‘lubiyat, “Arsenal”da durang, “Tottenhem”da esa g‘alaba (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 19-turi doirasida 26-dekabr, payshanba kuni bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida mehmon jamoa himoyachisi Adam Uebster (37) tomonidan urilgan golga “shporlar” Harri Keyn (53) hamda Dele Alli (72)ning gollari bilan javob qaytardi.

Natijada o‘yin 2:1 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Tottenhem” ochkolari sonini 29 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Brayton” esa 20 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” esa “Stemford Brij”da “Sauthempton”ni qabul qildi.

O‘yinning 31-daqiqasida “Sauthempton” hujumchisi Maykl Obafemi hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib Natan Redmond mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “aristokratlar” o‘z uyida kechgan bahsda “Sauthempton”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” 32 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Sauthempton” esa 21 ochko yi‘g‘ib 14-o‘rinni band qilib turibdi.

Mikel Arteta boshqaruvidagi o‘tgan “Arsenal” jamoasi esa “Bornmut” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Den Gosling hisobni ochdi (1:0). 63-daqiqada esa “to‘pchilar” yetakchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni tenglashtirdi.

Bellashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Bornmut” esa 20 ochko jamg‘arib 16-pog‘onadan joy oldi.

APL

19-tur bahslari

26-tur bahslari

Gollar: 0:1 — 37 Uebster, 1:1 — 53 Keyn, 2:1 — 72 Alli

Gol: 1:0 — 64 Xurixeyn

Gollar: 1:0 — 35 Gosling, 1:1 — 63 Obameyang

Gollar: 0:1 — 31 Obafemi, 0:2 — 73 Redmond

Gollar: 0:1 — 57 Snodgrass, 1:1 — 68 Kuyate, 2:1 — 90 Ayyu

Gol: 1:0 — 80 Kelvert-Lyuin

Gollar: 0:1 — 27 Delofeu, 1:1 — 36, penalti Norvud

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют