» » Ilhom Ne’matov: O‘zbekistondagi AESning joyi qo‘shni mamlakatlar bilan ham kelishilgan

Ilhom Ne’matov: O‘zbekistondagi AESning joyi qo‘shni mamlakatlar bilan ham kelishilgan


O‘zbekiston atom elektrostansiyasi uchun joy tanlashda qo‘shni mamlakatlar bilan ham kelishgan. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ilhom Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, AES uchun joy uzoq vaqt davomida izlangan, chunki joyni tanlashda qo‘shni mamlakatlar bilan ham ularga qulay va manfaatli bo‘lishi uchun kelishish kerak bo‘lgan.

TIV rahbari o‘rinbosarining qayd etishicha, O‘zbekistonda sanoat va iqtisodiyot o‘smoqda. Aholi esa yiliga 700 ming kishiga ko‘paymoqda va elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham o‘z-o‘zidan ortmoqda. Elektr energiyasining faqat 10 foizi AESda ishlab chiqariladi. 90 foizi esa IESlarda ishlab chiqariladi.

Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, IESlarda qimmatli gaz va juda katta mablag‘ sarf qilinadi. AES ishga tushirilganda esa arzon elektr energiyasi paydo bo‘ladi. Shu orqali juda katta miqdorda gaz tejaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 6) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют