» » APL. Aguero va de Bryuynening gollari “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirdi (video)

APL. Aguero va de Bryuynening gollari “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 20-turi doirasida 29-dekabr, yakshanba kuni Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sheffild Yunayted”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqaga kelib belgiyalik Kevin de Bryuyne hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “mankunianlar” o‘z uyida kechgan bahsda “Sheffild Yunayted” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Siti” ochkolari sonini 41 taga yetkazdi va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Sheffild Yunayted” esa 29 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

APL

20-tur bahsi

29-dekabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 52 Aguero, 2:0 — 82 de Bryuyne

“Manchester Siti”: Bravo, Zinchenko, Erik Garsiya, Uoker, Fernandinyo, Bernardu Silva (Gyundogan, 62), de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jezus, 88), Rodri Ernandes, Mahrez, Aguero (Foden, 81)

“Sheffild Yunayted”: Xenderson, Stivens, O‘Konnell, Bashem, Boldok, Beshich (Makbyorni, 75), Flek, Robinson (Makgoldrik, 59), Norvud, Igan, Musse (Sharp, 83)

Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (59), Stivens (85)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют