» » Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)

Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)


Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent—O‘sh” yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 28-dekabr kuni soat 17:10 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.

Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzuga doir: Surxondaryoda Isuzu beton to‘siqdan sakrab o‘tayotgan piyodani urib yubordi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Isuzu haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют