» » Markaziy bank xalqaro pul o‘tkazmalari nima uchun ishlamayotganiga izoh berdi

Markaziy bank xalqaro pul o‘tkazmalari nima uchun ishlamayotganiga izoh berdi


O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bayramoldi kunlari faoliyat yuritmayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari faoliyati yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayrim banklardagi xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq yangi yil oldi uzilishi holatlari, xorijiy davlatlardagi bayram ta’tillari munosabati bilan xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlarining cheklangan faoliyati bilan izohlanadi.

Banklar tomonidan aholiga xalqaro pul o‘tkazmalari faoliyatidagi uzilishlariga oid e’lonlar amalda oldindan berib boriladi.

Ta’kidlanishicha, amaliyotda xalqaro pul o‘tkazmalari yangi yil oldi bayram kunlari faoliyat yuritmasligi odatiy hol bo‘lib, ushbu holat har yil yakunida kuzatiladi.

Markaziy bankning qayd etishicha, hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida ayrim banklar tomonidan onlayn xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati yo‘lga qo‘yilgan va ulardan masofadan turib istalgan vaqtda mobil dasturlar orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют