» » Xalqaro pul o‘tkazmalarini endi so‘mda amalga oshirish mumkin

Xalqaro pul o‘tkazmalarini endi so‘mda amalga oshirish mumkin


“O‘zbekiston pochtasi” AJ Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalari almashinuvini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Pochta matbuot xizmatining qayd etishicha, xalqaro pul o‘tkazmalari yuqorida keltirilgan davlatlar pochta muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada qabul qilinadi.

Milliy valyutadagi pul mablag‘lari pul o‘tkazmasini jo‘natish kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada hamkor davlatga yuboriladi.

MDH davlatlaridan kirib keluvchi xalqaro pul o‘tkazmalari ham mijozlarga pul o‘tkazmasi kelib tushgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют