» » Toshkentda vaqtinchalik propiskasiz bo‘lish muddati uzaytirildi

Toshkentda vaqtinchalik propiskasiz bo‘lish muddati uzaytirildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi, deb yozadi “Huquqiy axborot”.

Qarorda fuqarolarni doimiy va vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini soddalashtirish yuzasidan, jumladan, quyidagilar belgilandi:

Mazkur qaror bilan, O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda turish uchun fuqarolar DXMlarga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilishlari ham mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish sohasida davlat xizmatini ko‘rsatish tajriba tariqasida Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlarida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa respublika miqyosida faqat DXMlar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalarining ro‘yxati ham tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют