» » Tramp Suriyada to‘liq miqyosli harbiy harakatlar boshlash haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin

Tramp Suriyada to‘liq miqyosli harbiy harakatlar boshlash haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressning bir necha a’zosiga kimyoviy hujumga javoban Suriyada to‘liq miqyosli harbiy harakatlar boshlash haqida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Voqea bilan tanish bo‘lgan manba Tramp mavjud holat va bunday maqsadlarning jiddiyligini tushunayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan, biroq ushbu ehtimolni mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muhokama qilgan.

Manba Tramp Mettisning qaroridan kelib chiqib, harakat qilishini qayd etdi.

AQShning Suriyadagi operatsiyasiga oid so‘nggi qaror hozircha qabul qilinmaganligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Oq uyning mansabdor shaxslaridan biri AQSh Idlibdagi kimyoviy hujumga harbiy javob qaytarish variantini ham ko‘rib chiqayotganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Suriyaning muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xon-Sheyxun shahrida aviahujumlar chog‘i zaharlovchi gaz qo‘llanilishi oqibatida kamida 58 kishi halok bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 29) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют