» » 2019-yilda Tailandga rekord darajadagi ko‘p turist tashrif buyurdi

2019-yilda Tailandga rekord darajadagi ko‘p turist tashrif buyurdi


2019-yilda Tailandga 39 million nafar sayyoh tashrif buyurgan, bu yangi milliy rekord, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Bu haqda mamlakatning turizm va sport vaziri Pxipxat Ratchakitprakan vazirlik majlisida xabar qilgan.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilda Tailandga jami 39 million nafar odam tashrif buyurgan”, — deydi vazir. Bu mamlakat tarixidagi yangi milliy rekord.

Vazirlikning hisobotida 39 million nafar turistlar orasida turli davlatlarning fuqarolari borligi qayd etilgan.

Avval Xitoydan Tailnadga keluvchi sayyohlar oqimining kamayishi tufayli ushbu natijaga erishish qiyinlashgani, xitoyliklar umumiy turistlar sonining 59 foizini tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangi yil arafasida Tailandga kuniga 140 ming nafar turist tashrif buyurmoqda, vazirlik prognoziga ko‘ra 2019-yilda mamlakatga taxminan 39,6 million sayyoh tashrif buyuradi.

Mavzuga doir: Turkiyaning Antaliya shahri xorijlik turistlarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют