» » Pentagon: AQSh Suriyaga zarba berishidan oldin Rossiyani xabardor qilgan

Pentagon: AQSh Suriyaga zarba berishidan oldin Rossiyani xabardor qilgan


Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis AQShlik harbiylar Rossiya kuchlariga Suriyadagi aviabazaga hujumlar berilishi haqida oldindan bildirishnoma yuborganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

U, shuningdek, zarbalar rossiyalik harbiylar borligi taxmin qilingan hududlarga berilmaganini ta’kidladi.

Devis jurnalistlar uchun brifingda aytishicha, AQSh harbiylari zarba oldidan rossiyalik hamkasblari bilan “bir necha marta suhbatlar” o‘tkazgan. Muloqot Suriyada IShIDga qarshi kurash chog‘ida tasodifiy to‘qnashuvlar oldini olish uchun avvalroq o‘rnatilgan aloqa yo‘li orqali olib borilgan.

Nashr eslatishicha, avvalroq Suriyada AQShning aerodromga berilgan zarbasi natijasidagi talafotlar haqida ma’lum qilishgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют