» » Toshkent avtobuslari va metrosida oylik yo‘l chiptalari va jetonlardan foydalanish davom etadi

Toshkent avtobuslari va metrosida oylik yo‘l chiptalari va jetonlardan foydalanish davom etadi


Toshkent jamoat transportida — avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida 2020-yil yanvaridan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilmoqda, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi.

Yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to‘la joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo‘lovchilar foydalanib kelgan oylik yo‘l chiptalari hamda jetonlar jamoat transportlarida to‘lov sifatida qabul qilinadi.

Xabar berishlaricha, hozirda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimidan to‘g‘ri foydalanish, validatorlarni ishlatish va boshqa masalalarga oid jihatlar yuzasidan haydovchi va chiptachilar o‘rtasida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda.

“Aziz yo‘lovchilar, agar siz foydalangan transport haydovchi va chiptachilari ushbu to‘lov vositasini qabul qilishdan bosh tortsa, bu haqda jamiyatning 1062 ishonch telefoniga xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют