» » Toshkentda elektron oylik yo‘l chiptalari hozircha o‘zini oqlamadi

Toshkentda elektron oylik yo‘l chiptalari hozircha o‘zini oqlamadi


Shu yil 20-iyunidan boshlab “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari bilan birgalikda, 3 oy muddatga sinov tariqasida elektron oylik yo‘l chiptalari joriy etilgan edi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur elektron tizimni chuqurroq o‘rganish maqsadida axborot texnologiyalari sohasidagi yetuk mutaxassislar jalb qilindi. Shu tariqa, ushbu elektron tizimning yo‘lovchi uchun qay darajada qulayligi, ijobiy va salbiy jihatlari chuqur o‘rganildi.

Natijada, tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchi tomonidan to‘lov amalga oshirish jarayonida chiptachiga ham bir martalik to‘lovni ham EOYCh qo‘lidagi qurilma (terminal)da qayd etish yuklanganligi, ammo bu jarayon uning kunlik rejasiga ta’sir qilmaganligi sababli salbiy natija ko‘rsatdi.

Shuningdek, avtobuslarda elektron chiptalarni nazorat qilish borasida yuzaga kelgan noqulaylik natijasida yo‘lovchilar tomonidan bunday yo‘l chiptalaridan noqonuniy tarzda foydalangan vaziyatlar ham ko‘plab kuzatildi.

Ana shunday holatlardan kelib chiqib, qolaversa, elektron oylik chiptalarining sinov muddati yakuniga yetganligini inobatga olib, tizim faoliyati kelasi oylarga uzaytirilmadi. Biroq, bu elektron to‘lov tizimi masalasiga nuqta qo‘yildi degani emas.

Soha mutasaddilari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, jamiyat tomonidan jamoat transportlarida avtomat to‘lovni joriy etish bo‘yicha xorijning yetakchi kompaniya va firmalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, Janubiy Koreya, Singapur, Rossiya, Belarus, Yaponiya kabi davlatlarning bu boradagi tajribalari o‘rganilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJga chet ellik ekspertlarni jalb qilgan holda, Toshkent shahar transport tizimini tubdan rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilayotgan strategiyaga muvofiq yangi avtomatlashgan to‘lov tizimini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют