» » AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qildi

AQSh Bag‘dod aeroportiga aviazarba berib, eronlik nufuzli generalni yo‘q qildi


Pentagon Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi marraga aviazarba berganini tasdiqladi. Zarba nishoni Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy bo‘lgan — hujum oqibatida u halok bo‘lgan. Zarba AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan. Rasmiy Vashington IIMKni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.

AQSh Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Qosimo Sulaymoniy mintaqada, xususan, Iroqda bo‘lib turgan amerikalik diplomatlar va harbiylarga hujum qilishni rejalashtirgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, general va uning maxsus bo‘linmasi “yuzlab amerikalik harbiylarning o‘limi uchun javobgardir”.

“U so‘nggi bir necha oydan beri koalitsiyaning Iroqdagi harbiy bazalariga hujumlarni tashkillashtirgan,.. shuningdek, Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga uyushtirilgan hujumni ma’qullagan”, — deyiladi Pentagonning press-relizida. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, AQSh “o‘z fuqarolari va o‘z manfaatlarini butun dunyo bo‘ylab himoya qilish uchnu barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etadi”.

Rockets Strike #Iraq's #BaghdadAirport, #USMilitary Choppers Spotted in Airspace. Three rockets landed on the edge of #Baghdad International Airport , causing explosions but no deaths or injuries, according to local reporters.#IraqiProtests pic.twitter.com/fdEFmkTxpq

— Ehab Al Obaidy (@Ehab8Alobaidy) January 2, 2020

Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronda 1979-yilgi inqilobdan so‘ng tashkil etilgan. Quruqlikdagi, harbiy havo va harbiy dengiz kuchlari IIMK tarkibiga kiradi. Korpus faqat Eron oliy rahnamosiga bo‘ysunadi va mamlakat Qurolli kuchlaridan alohida harakatlanadi. AQSh razvedka xizmatlari tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, IIMK Eron iqtisodiyotining 50 foizini, xususan, bank va moliya sohalarini nazorat qiladi yoki “sezilarli ta’sir ko‘rsata oladi”.

Iroq poytaxtidagi xalqaro aeroportga 3-yanvarga o‘tar kechasi zarba berilgan edi. Hodisa oqibatida sakkiz kishi, jumladan, iroqlik ko‘ngilli jangchilarning besh nafari halok bo‘lgandi. Hozir aeroport vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni AQShning Bag‘doddagi elchixonasi oldida norozilik namoyishlari boshlangan edi, bunga AQSh tomonidan shialarning “Kataib Hizbulloh” jangari guruhi lageriga aviazarba bergani sabab bo‘lgan. Namoyishchilar diplomatik vakolatxona binosini shturm bilan egallashga uringan, ularni tarqatish uchun amerikalik harbiylar ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Vashington o‘z elchixonasini qo‘riqlash uchun yana 750 nafar harbiyni Iroqqa yuborishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonga tashrifi boshqa sanaga qoldirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют