» » Germaniya klubi Eldor Shomurodov uchun 15 mln yevro taklif qildi

Germaniya klubi Eldor Shomurodov uchun 15 mln yevro taklif qildi


O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Rostov”ni tark etishi mumkin.

“Sport-Ekspress” nashrining xabar qilishicha, “Rostov”ga nemis klublarining biridan so‘rov tushgan. Germaniya klubi Shomurodov transferi uchun og‘zaki ravishda 15 million yevro taklif qilgan.

Rostovliklar Eldorni qishki transfer mavsumida qo‘yib yuborish istagida emas, biroq moliyaviy tomondan yaxshi taklif tushgan taqdirda klub o‘z qarorini o‘zgartirishga tayyor.

Avvalroq “Shtutgart” Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun 10 million yevro taklif qilgani, shuningdek, Moskvaning SSKA jamoasi ham shu miqdordagi pulni berishga tayyorligi xabar qilingandi.

Shomurodov 2017-yilning yozida 300 ming yevro evaziga “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o‘tgandi. Ushbu mavsum futbolchi “sariq-ko‘klar” safida 21 o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va oltita samarali uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют