» » Davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalar miqdori maqbullashtiriladi

Davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalar miqdori maqbullashtiriladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ‘2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hujjat bilan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalar miqdori maqbullashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy jarimalardan ajratmalar miqdorini budjetdan tashqari mablag‘lardan to‘lab kelinayotgan ish haqi va rag‘batlantirish to‘lovlarini unifikatsiyalashtirgan holda Davlat budjeti orqali amalga oshirish hisobiga maqbullashtirish bo‘yicha taklif kiritadi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan ularning xodimlariga uy-joy va avtomashinalar xaridi uchun imtiyozli kreditlarni va foizsiz ssudalarni ajratish bekor qilindi.

Belgilanishicha, 2020-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirlik, idoralar va davlat maqsadli jamg‘armalarining:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining tijorat banklardagi hisobvaraqlarining harakati bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют