» » OAVlari Trampning maslahatchisi 12 ta sanuzelga ega dang‘illama hovli xarid qilganidan xabar topdi

OAVlari Trampning maslahatchisi 12 ta sanuzelga ega dang‘illama hovli xarid qilganidan xabar topdi


AQSh prezidentining katta maslahatchisi Kellienn Konuey Vashington markazi yaqinidan dang‘illama hovli sotib oldi. Bu haqda 6-aprel, payshanba kuni Washingtonian nashri ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bitimni yakunlanish muddati 2-aprel bo‘lib, mazkur mulkning e’lon qilingan bahosi 8 million dollardir. Ko‘chmas mulklar bazasi ma’lumotiga ko‘ra, binoning umumiy maydoni 15 ming kvadrat fut (1 400 kvadrat metrga yaqin) bo‘lib, unda 12 sanuzel va sakkizta yotoqxona, hovlisida esa basseyn mavjud.

Nashrning yozishicha, dang‘illama hovlining avvalgi sohibi Pokiston bosh vaziri vazifasini sobiq bajaruvchi Mouniddin Ahmad Kureshi bo‘lib, u 2016-yilda vafot etgan. Hovlidan bir kilometrdan yaqinroq masofada AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klinton va amaldagi savdo vaziri Uilbur Ross istiqomat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют