» » “Bavariya” yana “Shalke-04” darvozabonini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Bavariya” yana “Shalke-04” darvozabonini o‘z safiga qo‘shib oldi


“Bavariya” klubi “Shalke-04” darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida myunxenliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

23 yoshli posbon 2020-yilning yozida erkin agent maqomida “Bavariya” safiga kelib qo‘shiladi.

Ta’kidlanishicha, Nyubel “Bavariya” bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Darvozabon Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida “Shalke-04” safida 15 o‘yin o‘tkazdi. U mavsumning ikkinchi yarmini ham gelzenkirxenliklar safida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya”ning asosiy darvozaboni Manuel Noyer ham 2011-yilda “Shalke-04”dan myunxenliklar safiga o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют