» » O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berish tartibi tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2020-yil 4-yanvar kuni qabul qilindi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda “Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra himoya orderi muvofiq seriya va raqamga ega bo‘lgan, qat’iy hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

Quyidagilar himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi:

Tuzatish dasturining asosiy maqsadi tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonligini oldini olish va ularning tajovuzkor xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirish, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikning takroran sodir etilishini oldini olishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют