» » Xitoyda qariyb 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi

Xitoyda qariyb 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi


Xitoyning aholi zich joylashgan Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallangan bemorlar soni 59 nafarga yetdi. “RIA Novosti”ning mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasiga tayanib xabar berishicha, ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, qolgan bemorlarning ahvoli barqaror.

Qayd etilishicha, pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lgani haqida dekabr oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgan. 3-yanvar holatiga ko‘ra, shaharda 44 ta virusli prevmoniya holati aniqlangan, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan. Shuningdek, yana 121 kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. Ularning barchasi bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Epidemiologik tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, ayrim bemorlar dengiz mahsuotlari sotiluvchi mahalliy bozorda ishlagan. Hozirgi paytda kasallikning odamdan odamga yuqishining aniq belgilari aniqlanmagan. O‘lim bilan tugash holatlari ham qayd etilmagan.

Ta’kidlanishicha, kasallik holati birinchi marta 12-dekabr kuni, oxiri 29-dekabr kuni qayd etilgan. Ayni paytda bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan yana 163 kishi shifokorlar nazorati ostida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют