» » Kongoda 2,8 ming kishi Ebola kasalligiga chalindi

Kongoda 2,8 ming kishi Ebola kasalligiga chalindi


Kongo Demokratik Respublikasida Ebola kasalligiga chalinganlar soni o‘tgan yilning iyulidan buyon 2,8 ming nafarga ortdi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, ularning qariyb 1,9 ming nafari vafot etgan. “TASS”ning yozishicha, mamlakatda har hafta 86 ta xavfli kasallik holatlari qayd etilmoqda.

“12-avgust holatiga ko‘ra, 2831 ta kasallik holatlari qayd etilgan bo‘lib, ularning 1891 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Kasallanganlarning 826 nafar tuzalgan”, — deb ta’kidlagan JSST rasmiy vakili Kristian Lindmayer. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Kongo aholisining 121 ming nafari kasallikka qarshi emlangan.

O‘z navbatida BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) dunyo hamjamiyati e’tiborini ushbu kasallikning bolalarda kechadigan og‘ir oqibatlariga qaratdi. YuNISEFning rasmiy vakili Mariksi Merkado Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda 4-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda 18 yoshgacha bo‘lgan 787 nafar bola va o‘spirin Ebola kasalligiga chalingani, ularning 527 nafari vafot etganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют