WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Chimkentda 10 yoshli qizcha pnevmoniyaning og‘ir turidan vafot etdi
Chimkentda 10 yoshli qizcha pnevmoniyaning og‘ir turidan vafot etdi
Qozog‘istonning Chimkent viloyatida shifokorlar 10 yoshli Laura Sagatovaga 5 yil davomida aniq tashxis qo‘ya olmadi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.
Qizcha davolanish uchun Ostonaga olib kelindi, biroq u pnevmoniyaning og‘ir formasidan vafot etdi.
Qizcha 2016-yilning dekabr oyidan mustaqil ravishda harakatlana olmayotgan edi. U ovqatlanayotgan paytda kuchli og‘riqdan aziyat chekar edi. 2017-yilda qizchaning onasi u muntazam ravishda davom etayotgan og‘riqdan kuchsizlanib qolganini ma’lum qilgan edi.
Qizcha Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasining tibbiy-genetik markazida bir necha marta tekshiruvdan o‘tkazilgan. Biroq har tekshiruvdan so‘ng tashxis o‘zgargan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?