» » UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi

UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi


UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida “O‘zavtosanoat”ning strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi.

Rustam Qodirov 2022—2023-yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Ularning o‘rniga 10—15 ming AQSh dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanishi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi.

“Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida ‘O‘zavtosanoat’ AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interyer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi”, — deydi boshqarma boshlig‘i.

Shuningdek, yana ikkita yangi modeldagi yo‘ltanlamasni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Albatta, ularning narxi Onix sedanidan qimmatroq bo‘ladi.

2019-yilda UzAuto Motors hajmlarni 220 ming donadan 271 ming dona avtomobilga yetkazib (bu 2018-yildagidan 23,2 foizga ko‘p), ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha rekordni yangilagani qayd etilgan. 2020-yilda yengil avtomobillarni yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha kengaytirish ko‘zda tutilayotgani ta’kidlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq to‘rtta premium sinfga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etgan UzAuto Motors 85 nafar xaridor bilan yangi modellar sotuvi bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют