» » Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizni qay tarzda buzmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizni qay tarzda buzmoqda?


Ijtimoiy tarmoqlar bir necha yil ichidayoq hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ular muloqot uchun universal maydon bo‘lib tuyuladi. “Do‘stlar toping, muloqot qiling, lahzalar bilan bo‘lishing”, — deya ular bizni o‘ziga tortadi. Ammo siz ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari moyillik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini ham bilib qo‘yishingiz kerak.

Agar xabar kelgan bo‘lsa-chi? Zudlik bilan “layk” qo‘yish kerak bo‘lgan postni joylashgan bo‘lsa-chi? Aslida siz bunday deb o‘ylamaysiz. Siz shunchaki sahifani tekshirasiz, chunki bunday qilmasdan tura olmaysiz.

Tadqiqotchilar tomonidan so‘ralgan foydalanuvchilarning 80 foizi o‘z sahifalarini sutkasiga kamida bir marta tekshirmasdan tura olmasligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarga psixologik o‘chlik kashandaning sigaretaga moyilligidan kam emas.

Hatto buning uchun sabab bo‘lmaganida ham. So‘rovlar natijalariga ko‘ra, odamlarning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z er yoki xotinlarini kuzatadi. So‘rov ishtirokchilarining 35 foizi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib chiqqan rashk oxir-oqibat asossiz bo‘lib chiqqanini tan oldi. Mana yana bir qayg‘uli statistika: Facebook AQShdagi har beshta ajrimning bittasiga, Buyuk Britaniyada — har uchta ajrimning bittasiga sababchi bo‘lgan.

Ko‘pchilik odamlar ijtimoiy tarmoqlardan o‘z hayotining ijobiy tomonlari haqida hikoya qilish uchun foydalanadi. Masalan, ta’tilda olingan suratlarni qo‘yish, qandaydir kiyim-kechakni sotib olgani haqida maqtanish… Ammo ishlaringiz o‘ngidan kelmagan paytlarda ijtimoiy tarmoqlar bir lahzada do‘stingizdan dushmaningizga aylanadi. Hasad, qayg‘u, sizni qoralashlaridan qo‘rqqaningiz tufayli muammolar haqida gapirib berishning iloji yo‘qligi — bu hissiyotlarning barchasi sizning yomon kayfiyatingizni yanada chuqurlashtiradi va depressiyaga olib kelishi mumkin.

Siz “layk”lar va maqtovlar kutayotgan bir paytda sizga e’tibor berishmadi. Siz do‘stingizga o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsa haqida yozdingiz, u esa javob bermadi yoki band bo‘lgani tufayli o‘zini olib qochdi.

Ijtimoiy tarmoqlarning to‘la-to‘kis muloqot o‘rnini bosishini kutmang. Sizni nimadir bezovta qilyaptimi? Qahvaxonada uchrashuv tashkil qiling va bu haqda gaplashib oling.

Facebook foydalanuvchilarining 75 foizi o‘z tashqi ko‘rinishidan norozi. Ularning 51 foizi aytishicha, bu o‘z fotosuratlarini boshqalarniki bilan solishtirish natijasidadir.

Manba: “Assessor.ru”

Опубликовано: admin (7-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют