» » O‘zbekistonlik erkaklarning 77 foizi farzandlar sonini rejalashtirish kerak, deb hisoblaydi

O‘zbekistonlik erkaklarning 77 foizi farzandlar sonini rejalashtirish kerak, deb hisoblaydi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot erkaklarning reproduktiv salomatlikni mustahkamlashdagi roliga bag‘ishlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”. 400 nafar erkakni qamrab olgan so‘rov Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan BMT Aholi fondi texnik ko‘magida o‘tkazildi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, erkaklarning 77 foizi farzandlar sonini oldindan rejalashtirish kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, qishloq joylarda 19 foiz ishtirokchilar, shaharlarda esa 13 foiz ishtirokchilar bolalar tug‘ilishini rejalashtirish kerak emas, degan fikrda.

Shuningdek, so‘ralganlarning ko‘pchiligi — 77 foizi fikricha, bolalarni dunyoga keltirish uchun optimal va eng muvofiq vaqt — 21—31 yosh oralig‘i. Shu bilan bir vaqtda erkaklarning 15,5 foizi optimal yosh 17—20 yosh deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, erkaklarga oilada farzandlar tug‘ilishi necha yillik farq bilan amalga oshsa, ayollar va bolalar sog‘lig‘i uchun eng yaxshi hisoblanishi to‘g‘risida ham savollar berildi. So‘rov ishtirokchilarining 58,3 foizi optimal vaqt oralig‘i — uch yil, 16,3 foizi esa — to‘rt yil va undan ko‘proq, 20, 5 foizi — ikki yil, 4,8 foizi — bir yil degan fikrni bildirdi.

Shu bilan birga, olingan ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, erkaklar shunchalik farzandlar kattaroq vaqt oralig‘ida tug‘ilishi kerak degan fikrni bildirgan.

Tadqiqot natijalarini tahlil qilib, mutaxassislar yosh yigitlarning reproduktiv salomatlik asoslaridan xabardorligini oshirish bo‘yicha axborot kampaniyalarini ishlab chiqishni tavsiya etdi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют