» » Amerikaliklarning 53 foizi Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirish kerak deb hisoblamoqda

Amerikaliklarning 53 foizi Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirish kerak deb hisoblamoqda


NBC News telekanali hamda Wall Street Journal nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 53 foiz respondent AQSh Kongressi Donald Trampning 2016-yildagi Rossiya hukumati bilan taxmin qilinayotgan aloqalarini tekshirishi kerak deb hisoblamoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

So‘rov qatnashchilarining 25 foizi mazkur fikrga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 21 foizi fikr bildirishda ikkilandi.

Avvalroq The Washington Post AQSh hukumati OAVlarda Donald Trampning Rossiya bilan aloqalariga oid tarqalgan gap-so‘zlarni rad etishga harakat qilganligini qayd etgan edi. Nashrda xabar berilishicha, ismini oshkor qilmagan, Oq uy tomonidan yollangan mansabdor shaxslar OAVlar bilan bog‘lanib, Trampning saylovoldi guruhi a’zolari hamda Rossiya razvedkasi xodimlari o‘rtasida taxmin qilinayotgan aloqalarga doir axborotga qo‘shilmasligini ma’lum qilgan.

Bundan avval The New York Times nashri to‘rt nafar sobiq va ayni damda faoliyat yuritayotgan mansabdor shaxslarga tayanib, Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini tashkil etganlar hamda uning ko‘plab safdoshlari 2016-yilda Rossiya razvedkasi bilan ko‘p bor bog‘langanini xabar qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют