» » “Roma” klubi afsonasi Daniele de Rossi futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi

“Roma” klubi afsonasi Daniele de Rossi futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi


“Roma” klubining sobiq yarim himoyachisi Daniele de Rossi “Boka Xuniors”ni tark etishi va futbolchilik faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi.

“Gap jarohat yoki biror jiddiy muammoda emas. Men shunchaki oilam yoniga qaytishim kerakligini his qilmoqdaman. Ayniqsa qizimni sog‘inyapman, u ham meni juda sog‘ingan. Men shu qarorga keldim, uni o‘zgartirmayman.

Barcha meni bu yo‘ldan qaytarishga urindi, shu yerda ko‘proq qolishni taklif qildi. Biroq qaror qabul qilib bo‘ldim, bu yerda qalbimning bir bo‘lagini qoldiraman. Chunki hech kim “Bombonere”da o‘ynash va “Boka Xuniors” kiyinish xonasida bo‘lish qandayligini tushuna olmaydi. Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.

Men futbolchilik faoliyatimni yakunlayman. Biroq, futbol sohasida ishlashda davom etaman”, — deydi de Rossi.

Ma’lumot uchun, de Rossi 2000—2009-yillar mobaynida “Roma” klubi tizimida faoliyat yuritgan. 36 yoshli futbolchi rimliklar bilan Italiya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan. De Rossi “bo‘rilar” safida jami 616 ta o‘yin o‘tkazgan va bu borada Franchesko Tottidan keyingi o‘rinda turadi. Shuningdek, futbolchi 2006-yilgi Jahon Chempionatida Italiya terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют