» » AQSh davlat departamenti Eron Iroqdagi so‘nggi hujumlaridan oldin ham Amerika qurolli kuchlariga 14 marta hujum qilganini aytdi

AQSh davlat departamenti Eron Iroqdagi so‘nggi hujumlaridan oldin ham Amerika qurolli kuchlariga 14 marta hujum qilganini aytdi


AQSh davlat departamenti Eronning 2019-yilning sentabridan buyon Amerika qurolli kuchlari pozitsiyalariga go‘yoki 14 marta hujum uyushtirgani haqidagi statistikani taqdim etdi, deb xabar berdi “TASS”.

“Iroqdagi obyektlarga hujumga qadar Eron va u qo‘llab-quvvatlaydigan kuchlar tomonidan AQSh qurolli kuchlariga nisbatan 14 ta hujum amalga oshirilgan”, — deyiladi davlat departamenti xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergani ma’lum bo‘ldi. Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumni “munosib javob” va “o‘z-o‘zini mudofaa qilish” deb atadi.

Eronning AQSh harbiy bazalariga bergan zarbalaridan keyin oltin va neft narxi qimmatlashdi.

Bugun, 9-yanvar kuni Bag‘dod shahridagi “yashil hudud” yana o‘qqa tutildi. Ma’lumotlarga ko‘ra “yashil hudud”ga ikki yoki uchta raketa kelib tushgan. Bu “Katyusha” tipiga oid raketa ekanligi aytilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют