» » Qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining savodsizligini isbotlab berdi

Qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining savodsizligini isbotlab berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining savodsizligini isbotlab bergan video tarqaldi. Mazkur videoga munosabat bildirgan Qashqadaryo IIB axborot xizmatining yozishicha, voqea joriy yil 8-yanvar kuni G‘uzor tuman hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 8-yanvar kuni G‘uzor tumani hududida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan 1-YPX otryadi 1-safarbarlik guruhi katta inspektori, katta serjant A.Meyliyev soat 17:20 da Spark haydovchisini to‘xtatgan. YPX xodimi Qarshi shahridan G‘uzor tumaniga harakatlanib kelayotgan haydovchiga o‘zini tanishtirib, avtomashinaga ishlab chiqarilgan korxona tomonidan nazarda tutilmagan faralar o‘rnatganligi, bu esa “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7,3 bandidagi javobgarlikni keltirib chiqarishini aytganida haydovchi YPX inspektoriga noto‘g‘ri gapirayotganligini asoslab bergan. Shunda YPX inspektori o‘zining adashganligini aytib, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7,2 bandida nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganligini ta’kidlagan. Haydovchi YPX inspektoriga 7,2-bandida boshqa qoidabuzarlik uchun javobgarlik belgilanganligini ta’kidlagan.

— Haydovchi Maqsud Muzaffarov YPX inspektorining bilim saviyasi pastligini bilganidan so‘ng uni masxara qilishga harakat qilgan, — deyiladi IIB axborot xizmati tarqatgan ma’lumotda. — Shunda M.Muzaffarovning avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro bo‘layotgan jarayonni videotasvirga olish uchun avtomashinadan tushib, qo‘l telefoniga tasvirga olayotgan vaqtida G‘uzor tumanida yashovchi fuqarolar bilan o‘zaro tortishib qolgan.

Katta serjant A.Meyliyev tomonidan to‘xtatilgan Spark haydovchisining oldiga safdor S.Mansurov borib haydovchiga tovush chiqaruvchi signallari o‘rnatilganligi, bu “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7,8-bandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etib yurganligini aytgan va katta serjant A.Meyliyevga fuqaro M.Muzaffarovga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish kerakligini ma’lum qilgan.

Katta serjant A.Meyliyev fuqaro M.Muzaffarovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga yuborish maqsadida evakuatorga ortmoqchi bo‘lganida haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan avtomobilida yo‘lining qarama-qarshi tomoniga chiqib qochib ketgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi va 128-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan.

Aytilishicha, haydovchi transport vositasining qayd etish guvohnomasi va haydovchilik guvohnomasining taloni YPX xodimi qo‘lida qolgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют