» » Bekobodda daraxtlar kesilishiga yo‘l qo‘yib o‘simlik dunyosiga bir milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Bekobodda daraxtlar kesilishiga yo‘l qo‘yib o‘simlik dunyosiga bir milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilsih davlat qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya qo‘mitaning Toshkent viloyati boshqarmasi va inspeksiyaning Bekobod shahar hududiy inspeksiyasi fuqaro murojaatiga asosan Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligining “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limida o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazgan. O‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan qoidabuzilishlar haqida “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.

Aniqlanishicha, “Shirinsoy” o‘rmon bo‘limida jami 162 tup manzarali daraxtlar kesib tashlangan va ushbu harakatlar orqali “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” qonunning 32, 37-moddalari va “O‘rmon to‘g‘risidagi” qonunning 32-moddasi talablariga zid ravishda Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori S.E. tomonidan o‘simlik dunyosiga 1 252 791 700 (bir milliard ikki yuz ellik ikki million yetti yuz to‘qson bir meng yetti yuz) so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mavzuga doir: 

Aybdorlarga qonuniy jazo chorasi ko‘rish maqsadida to‘plangan ma’lumotlar va hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют