» » Toshkentning “Avayxon” mahallasida salkam 800 mln so‘mlik daraxtlar kesib tashlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Toshkentning “Avayxon” mahallasida salkam 800 mln so‘mlik daraxtlar kesib tashlangan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan


Toshkent shahrida daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari bo‘yicha bir nechta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillarining jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev Jinoyat kodeksinining 198-moddasi — ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish holatlari bo‘yicha ochilgan jinoyatlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Davlat qo‘mitasi vakilining ma’lum qilishicha,

Qayd etish joiz, davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra respublika miqyosida jami 2524 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, 513,4 million so‘m jarima belgilangan. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar —1571 ta da’vo bo‘yicha 2 milliard 243 million so‘mni tashkil etib, shundan 1232 ta ma’muriy ish yuzasidan 961,9 million so‘m undirib olingan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi ikkinchi qismi (o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 50 baravari (10 136 500 so‘m)dan 75 baravari (15 204 750 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ayni vaqtda, xuddi shu moddaning uchinchi qismi (ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bilan aybdor deb topilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 100 baravari (20 273 000 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют