» » OCh—2020. Iordaniya KXDRni mag‘lub etdi, BAA esa Vyetnamni yuta olmadi

OCh—2020. Iordaniya KXDRni mag‘lub etdi, BAA esa Vyetnamni yuta olmadi


Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining D guruhi vakillari 10-yanvar, juma kuni 1-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Vyetnam olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari bilan bahs yuritdi. Mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi va musobaqaning amaldagi vitse-chempionlari duranga rozi bo‘ldi.

Iordaniya olimpiyachilari esa KXDRga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad bani Atieh iordaniyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Umar al-Zebdieh hisobni oshirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Ryan Hyon Ju hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi.

Shu bilan musobaqaning 1-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 11-yanvardan boshlab 2-tur uchrashuvlari start oladi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-yanvar kuni Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

U23 OCh—2020

1-tur bahslari

10-yanvar, juma

D guruhi

Gollar: 0:1 — 45+1 Muhammad bani Atieh, 0:2 — 74 Umar al-Zebdieh, 1:2 — 90+1 Ryan Hyon Ju

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют