» » Nosozlik sababli Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish uzilib qoldi

Nosozlik sababli Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish uzilib qoldi


Turkmaniston energetika tizimidagi “Mari” issiqlik elektr stansiyasining ikkita energoblogida 10-yanvar kuni soat 19:03 da kichik texnik nosozlik yuzaga keldi. Natijada, O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekiston mintaqaviy elektr tarmoqlari” kompaniyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Mari” IESda ro‘y bergan nosozlik sababli O‘zbekiston energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika ishlab, yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti tizimining Farg‘ona vodiysi qismida 600 megavatt atrofida quvvatga ega iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgan.

Ayni paytda “Mari” IESda energobloklarni qayta ishga qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Qayd etilishicha, nosozliklar bartaraf etilgach, 10-yanvar kuni taxminan soat 21:00 ga qadar import amaliyoti tiklanadi. Bunga qadar elektr ta’minotida imkon qadar cheklovlarni oldini olish maqsadida zaxira quvvatlar ishga solingan.

Ma’lumot uchun, joriy rejimlarda Turmanistondan soatiga 780 megavatt quvvatda elektr energiyasi import qilinayotgan edi. O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yil 1-dekabr sanasidan boshlab “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasini import qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют