» » Mehnat vazirligi tizimida 100 kishini ish bilan ta’minlash uchun 200 kishining stavkasi qisqartirildi

Mehnat vazirligi tizimida 100 kishini ish bilan ta’minlash uchun 200 kishining stavkasi qisqartirildi


“Yagona milliy mehnat tizimi”ning xodimlar shtati Bandlikka ko‘maklashish markazlarining 200 nafar xodimi lavozimini 0,5 stavkaga qisqartirish evaziga shakllantirilgan. Bu haqda “Yagona milliy mehnat tizimi”ni boshqarish direksiyasi rahbari Husan Yorqulov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Prezidentning “ ‘Yagona milliy mehnat tizimi’ idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tizim xodimlari shtatini shakllantirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida 16 ta, hududlarda 84 ta — jami 100 ta shtat birligi tashkil etilishi belgilangan.

Ma’lum qilishlaricha, “Yagona milliy mehnat tizimi”ning 100 ta shtat birligi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridagi kasbiy qayta o‘qitishni tashkil etish shu’basi mutaxassislarining lavozimini 0,5 stavkaga qisqartirish evaziga shakllantirilgan.

Dasturiy-apparat kompleksiga 100 nafardan iborat xodim shakllantirildi. Buning uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridagi kasbiy qayta o‘qitishni tashkil etish shu’basi 200 nafar xodimining lavozimi 0,5 stavkaga qisqartirildi.

Hozirda stavkasi qisqartirilgan xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish pullarini ajratish ishlari olib borilmoqda. Stavkasi qisqartirilgan xodimlardan murojaatlar bo‘lyapti, ularni ko‘rib chiqyapmiz.

Husan Yorqulov, “Yagona milliy mehnat tizimi”ni boshqarish direksiyasi rahbari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют