» » Xiaomi Mi Band 5 Google Pay bilan hamkorlikdagi NFC moduliga ega bo‘lishi mumkin

Xiaomi Mi Band 5 Google Pay bilan hamkorlikdagi NFC moduliga ega bo‘lishi mumkin


Xiaomi Mi Band fitness brasletining navbatdagi avlodi Google Pay to‘lov tizimi bilan ishlaydigan NFC moduliga ega bo‘ladi, Xitoyning Huami kompaniyasi ushbu qurilma ishlab chiqarilishi bilan shug‘ullanadi. Bu haqda TizenHelp xabar qilgan.

Kontaktsiz to‘lov Xiaomi Mi Band 5’dagi yagona o‘zgarish bo‘lmaydi. Qurilma 1,2 dyuymli yangi kattalashgan displeyga ega bo‘ladi va 4-avlod ekrani yorqinroq va kontrastligi yuqori darajada ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi fitness-brasletining zamonaviy versiyasida 0,95 dyuymli displey, Xitoy bozori uchun NFC moduli, jamoat transporti yoki ruxsatnoma tizimi uchun ishlaydi. Mi Band 5 Google (Android yoki Wear OS) platformasida ishlaydi va Google Pay orqali to‘lovlar qilsa bo‘ladi.

Mavzuga doir: 

TizenHelp’ning yozishicha, Xiaomi Mi Band 5’ning Xitoydagi narxi 179 yuan (qariyb 270 ming so‘m) bo‘lishi kutilmoqda. Yangi qurilmaning anonsi 2020-yil iyunida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют