» » Yana “Arsenal” va Arteta haqida

Yana “Arsenal” va Arteta haqida


Angliya Premyer Ligasi 22-turi doirasida London derbisi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon “Kristal Pelas” “Arsenal”ni qabul qiladi.

Tarkiblarga nazar sola turib, Mikel Arteta tanlagan futbolchilar e’tiborimni tortdi. Aniqrog‘i ispaniyalik mutaxassis tanlagan tarkib kaminaga yoqdi. Arteta turli eksperimentlar qilishdan ham yoshlarga ishonishdan ham qochayotgani yo‘q. Biroq menga ma’qul kelgan o‘rinlardan biri va asosiysi Emeri davrida ishonch bildirilmagan Mesut O‘zil hamda Nikolya Pepega katta imkoniyat taqdim etmoqda. O‘z navbatida O‘zil va Pepe o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashni boshladi. Shuningdek, ishonchdan chiqqan Granit Jaka yana safga qaytarildi. Avvalroq sardorlik bog‘ichi ham unga qaytarilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ushbu futbolchilarning bir vaqtda maydonda bo‘lishi bir tarafdan “Arsenal” o‘yinida rang-baranglikni ta’minlashi mumkin. Har holda “Chelsi”ga qarshi bahsning birinchi bo‘limi, “Manchester Yunayted”ga qarshi butun o‘yin shuni ko‘rsatdi.

Mavzuga doir: Mikel Artetaning muammosi ikkinchi bo‘limlar emas, bu uning vazifasi!

“Arsenal”da har doim yaxshi futbolchilar bo‘lgan. Biroq Anri, Van Persi kabi futbolchilardan so‘ng top-darajadagilari deyarli kelgani yo‘q. To‘g‘ri, O‘zil top futbolchi edi. Faqat “Real”da va Londonga kelgan ilk mavsumida. Shundan so‘ng uning o‘yinida pasayish kuzatilgani rost. So‘nggi yillarda esa top maqomiga “Arsenal”dan faqatigan Pyer-Emerik Obameyang loyiq ko‘rinmoqda. Va u bunga mos o‘yin ko‘rsatmoqda. Har holda gabonlik “Barsa” yoki “Real”ga o‘tgan taqdirda ham o‘ynab keta olishiga ishonch bilan qarasa bo‘ladi.

Mavzuga doir: Arteta ikkinchi imtihondan o‘tdi, biroq oldinda uzoq yo‘l bor

Mavsuming qolgan qismi Arteta uchun imkoniyatlar davri bo‘ladi. “Arsenal”dan bu mavsum muxlislar na sovrin va na chiroyli o‘yin kutadi. Avvalosi, “to‘pchilar” o‘z o‘yin uslubini topib olsa bo‘lgani. Mavsum yakunida esa Mikel tarkib borasida katta o‘zgarishlar qilishiga ishonchim komil. Axir “Siti”dek klubdan “Arsenal”ga o‘tayotganda London klubi rahbariyatiga o‘z shartlarini qo‘yib shartnoma imzolagani aniq, nazarimizda.

Hozir esa London derbisini tomosha qilishga taklif qilamiz.

APL

22-tur bahsi

11-yanvar, shanba

“Kristal Pelas” — “Arsenal” 17:30

“Kristal Pelas” – Guaita, Keyxill, Kelli, Tomkins, Ridevald, Makkarti, Mayer, Kuyate, Makartur, Zaa, Ayyu.

“Arsenal” – Leno, David Luiz, Kolashinats, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Torreyra, Jaka, O‘zil, Pepe, Lyakazett, Obameyang.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют