» » “Arsenal” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod kimligi aytildi

“Arsenal” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod kimligi aytildi


Unai Emerining iste’fosidan keyin “Arsenal” rahbariyati bosh murabbiylik lavozimiga turli nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ushbu o‘ringa hozirda “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordam berayotgan Mikel Arteta asosiy da’vogar bo‘lib turibdi, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Biroq jamoa rahbariyati yangi bosh murabbiyni qachon tayinlash borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Klub bu masalani yaqin orada hal qilishi yoki mavsum oxiriga qadar kutishi mumkin. Ayni damda “kanonirlar”ni Fredrik Yunberg vaqtincha boshqarib turibdi.

Ma’lumot uchun, Arteta 2011—2016-yillar mobaynida “Arsenal”da to‘p surgan. Ispaniyalik sobiq futbolchi londonliklar bilan Angliya Kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan.

“Arsenal” 15-turdan keyin 19 ochko to‘plagan holda Angliya chempionati musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют