» » APL. “Liverpul” Londonda “Tottenhem”dan ustun keldi (video)

APL. “Liverpul” Londonda “Tottenhem”dan ustun keldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turida “Tottenhem” o‘z maydonida “Liverpul” bilan bahs yuritdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yurgen Klopp shogirdlari minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Roberto Firmino “qizillar”ning kombinatsiyasini golga aylantirdi. Tanaffusga qadar har ikki jamoada ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim yakuniga borib “shporlar” raqib jarima maydoni atrofida bosimni kuchaytirdi. Ammo Joze Morinyo shogirdlari Alisson darvozasiga yo‘l topa olmadi va navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Shu tariqa “Liverpul” ochkolarini 61 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda hamda eng yaqin ta’qibchisini 16 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Tottenhem” esa 30 ochko bilan hozircha 8-pog‘onada qoldi.

APL

22-tur bahsi

11-yanvar, shanba

Gol: 0:1 – 37 Firmino.

“Tottenhem”: Gassaniga, Orye, Alderveyreld, Tanganga, Sanches, Rouz (Lamela, 69), Alli, Eriksen (Lo Chelso, 69), Lukas Moura, Uinks, Son Hyon Min.

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Veynaldum, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 61), Henderson, Mane (Origi, 81), Saloh (Shakiri, 90), Firmino.

Ogohlantirishlar: Gomes (23), Oksleyd-Chemberlen (39).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют