» » APL. “Chelsi” London derbisida mag‘lubiyatga uchradi, “Liverpul” va “Tottenhem” esa g‘alabaga erishdi

APL. “Chelsi” London derbisida mag‘lubiyatga uchradi, “Liverpul” va “Tottenhem” esa g‘alabaga erishdi


Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Frenk Lempard boshchiligidagi “Chelsi” jamoasi o‘z maydonida “Vest Hem” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 48-daqiqasida Aaron Kressuell tomonidan kiritilgan to‘p o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va “Vest Hem” g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Musobaqa peshqadami “Liverpul” “Brayton”ni qabul qildi. “Qizillar” himoyachisi Virjil van Deyk birinchi bo‘limda dublga erishdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Alisson to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va uzoq vaqt o‘tmay mehmonlar javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Lyuis Dank jarima zarbasini ustalik bilan ijro etgan holda hisobni qisqartirdi.

Joze Mourinyo boshchiligidagi “Tottenhem” Londonda “Bornmut” bilan to‘qnash keldi. 21-daqiqada Dele Alli Son Hyon Minning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada angliyalik futbolchi dublini nishonladi. 69-daqiqada Sonning qanotdan uzatgan to‘pini Mussa Sissoko darvozaga joylab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Bunga mehmonlar Harri Uilsonning ikkita goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Liverpul” ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Tottenhem” esa beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

14-tur bahslari

30-noyabr, shanba

Gol: 0:1 – 48 Kressuell.

Gollar: 1:0 – 18 van Deyk, 2:0 – 24 van Deyk, 2:1 – 79 Dank.

Gollar: 0:1 – 45 Zaa, 0:2 – 78 Shlupp.

Gollar: 1:0 – 21 Alli, 2:0 – 50 Alli, 3:0 – 69 Sissoko, 3:1 – 73 Uilson, 3:2 – 90+6 Uilson.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют